Yangiliklar

2023-12-27

UY SHAROITIDA MAYONEZ TAYYORLASH MUMKINMI?

topics-img

UY SHAROITIDA MAYONEZ TAYYORLASH MUMKINMI?

 

Yangi 2024 yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. O‘z navbatida uy bekalari hozirdan bayram dasturxoniga qanday taomlar va turli salatlaru shirinliklar tayyorlash haqida bosh qotirishmoqda.

Yangi yil dasturxonida salatlar mayonez mahsulotidan tayyorlanishi tabiiy.  Ayniqsa mayonezli salatlarni ko‘pchilik sevib iste’mol qiladi.

Shu o`rinda uy sharoitida mayonez tayyorlash mumkinmi, mayonezning foydali jihati nimada, zararli tomonlarichi, degan savollar yuzaga keladi.

Uy sharoitida mayonez tayyorlash mumkinmi?

Uy sharoitida  tayyorlangan mahsulotlarning aksariyati  foydali va mazali hisoblanadi.  Ammo ko'p hollarda uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmasdan tayyorlash holatlariga guvoh bo'lamiz.

Mayonez - qaymoqsimon massa bo'lib, u tozalangan va deodorizatsiyalangan o'simlik moylaridan tayyorlanadi. Oqsil va turli xil ta'm beruvchi komponentlar va ziravorlar qo'shiladi. Ushbu mahsulot inson iste'moli uchun, asosan, salatlar tayyorlash jarayonida foydalaniladi.

Do‘konlarda sotiladigan mayonez saqlash muddatini bir oygacha uzaytiradigan ta'm kuchaytirgich va oziq qo‘shimchalar tufayli zararli bo‘lishi mumkin. Biroq doko'nlardagi mayonezlarda albatta yaroqlilik muddati hamda ishlab chiqarilgan manzili va tarkibida nimalar borligi aks etilgan holda bo'ladi.

 

Mayonezning foydali jihati nimada?

Uning tarkibidan o‘simlik moyi, tuxum sarig‘i, xantal va turli ziravorlar joy olgan. Demak, mayonez ajinlar va qon-tomir kasalliklari bilan kurashuvchi E vitaminiga boy. Qolaversa, unda ko‘zni o‘tkirlashtiruvchi va teri salomatligini ta’minlovchi A vitamini ham mavjud.

 

Zararli tomonlari nimalardan iborat?

Mayonezni ko‘p iste’mol qiluvchilarni ortiqcha kaloriyalar yig‘ilishi “ta’qib qiladi”. Chunki 100 gr. mayonez 660 kkal kaloriya degan gap. Qaddi-qomatingizga zarar keltirmaslik uchun kuniga mayonezdan bir osh qoshiq iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu miqdordan ortig‘i, albatta ortiqcha.

Yog‘ hissasiga qarab mayonez:

 

-yuqori kaloriyali — 55 foizdan ortiq;

-o‘rtacha kaloriyali — 40-50 foiz;

-kam kaloriyali — 40 foizdan kamroq bo‘ladi.

🔹Mayonezni uy sharoitida  tayyorlash aslo mumkin  emas. Negaki, uy sharoitida tayyorlangan mayonezda ovqatdan zaharlanish holatlari kelib chiqishi mumkin. Bunga sabab esa uy sharoitida tayyorlangan mayonez hech qanday sanitariya-gigiyena qoida va me'yorlariga javob bermasdan tayyorlanishidir. Shuningdek, idishlarni to'liq sterelizatsiya qilish ham mushkul. Mayonezni uyda tayyorlash jarayonida klinik sinovlardan o'tmasligi, organoleptik, mikrobiologik, fizik va kimyoviy xossalari tekshirilmasligi buning yaqqol isbotidir.

 

🔹Mayonez ishlab chiqarishda bir necha usullardan foydalanishadi, masalan:

Sovuq jarayon va yarim issiq. Yarim issiq usul 95 darajagacha qaynatilgan suvga asosiy komponentlarni qo'shishni o'z ichiga oladi. Olingan massa 65 darajaga qadar sovutiladi, so'ngra emulsifikator va moy bilan aralashtiriladi. Tabiiyki, bunday usullarni uy sharoitida qilishning aslo iloji yo'q.

Mayonez mahsulotidan tayyorlangan eguliklarni uni ko‘p iste’mol qilish salomatligimiz uchun zararli hisoblanadi. Bunday hollarda shifokorlar mayonez o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni iste'mol qilishni tavsiya qilishadi. Shuningdek, mayonez qo'shib tayyorlangan salatlarni bir qancha vaqt davomida saqlab, keyin iste'mol qilish ham mumkin emas.

 

Sanepidqo`mita Axborot xizmati