Bugun Sanepidqo‘mitada joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengashning "Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar"ga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mita raisi, o‘rinbosarlar, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi.
Sanepidqo‘mita raisi B.Yusupaliyev Davlatimiz rahbari raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgani, belgilab berilgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i B.Axmedov sohada uchrayotgan kamchiliklar, bartaraf etishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee