Farg'ona
jamoat salomatligi tibbiyot institutida oliygoh hamda Toshkent tibbiyot
akademiyasi, G.N.Gabrichevskiy nomidagi Moskva epidemiologiya va mikrobiologiya
ilmiy-tadqiqot instituti hamda
Rossiya
Federatsiyasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va inson
farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rospotrebnadzor) bilan
hamkorlikda "Yuqumli kasalliklar —
gastroenterologiya, pulmonologiyaning fanlararo masalalari"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tmoqda.
Konferensiyada Sog'liqni saqlash vazirligi
mutaxassislari, respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya,
yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda
virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, OITSga qarshi kurashish Respublika
markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent Pediatriya tibbiyot
instituti hamda ularning viloyat filiallari xodimlari,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining
hududiy boshqarmalari mutaxassislari, ilmiy tibbiyot markazlari, poytaxt va
viloyat yuqumli kasalliklar klinikalari shuningdek, xalqaro tashkilotlar
vakillari ishtirok etmoqda.
Bundan
tashqari ushbu yirik konferensiya doirasida Rossiya, Belarusiya, Qirg'iziston,
Qozog'istonning yetuk olimlari ma'ruza qiladilar.
Konferensiyaning
o'tkazilishidan asosiy maqsad yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi
yangi yutuqlarni muhokama qilish, MDH mamlakatlari va xorijlik mutaxassislar
bilan ilg'or tajriba almashishdan iborat.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati
@sanepidcommittee