Yangiliklar

2023-12-01

XALQARO TASHKILOTLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi va JSST, AQSH kasalliklarni nazorat qilish markazi (CDC), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi (BMTRD), USAID, UNFPA, GIZ, KOICA, UNOPS kabi tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari  vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 

·        Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;

·        sohada zamonaviy bilimga ega va malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan xalqaro grant loyihalarni jalb etish;

·        Markazga xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;

·        Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish va xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee