Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat
salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati
boshqarmasi, Veterinariya va
chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va tibbiyot xodimlari ishtirokida
zooantropanoz o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (Qrim-Kongo gemorragik isitma,
quturish, brutsellyoz va kuydirgi) profilaktikasi bo‘yicha bir qator tadbirlar
amalga oshirildi.
Kuydirgi
kasalligining tabiiy o‘choqlaridan biri bo‘lmish Tuproqqal’a tuman Tuproqqal’a
maskanida yirik va mayda shoxli hayvonlarni kuydirgi kasalligiga emlash ishlari
o‘tkazildi, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga zooantropanoz
kasallikning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi va ushbu hududda
foliyat olib boruvchi oilaviy
shifokorlik punkti tibbiyot xodimlariga aholiga ushbu kasalliklar
bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishlari to‘g‘risida topshiriqlar
berildi.
Bu kabi
tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad tuman hududida quturish, brutsellyoz va
kuydirgi kasalliklarining oldini olish, uning xavf manbai va omillarini
bartaraf etish ishlarini samaradorligini oshirishdir.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee