Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati bshqarmasi tomonidan Xonqa tumanida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq muammoli masalalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda turli ko‘rinishdagi ovqatdan zaharlanishlar, botulizm, yuqumli ichak kasalliklari profilaktikasi haqida ma’lumot berildi.
Viloyatda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar xususan quturish va kuydirgi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar chuqur tahlil qilindi va bu boradagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr mulohazalar bildirildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee