Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Ko‘kdala tuman bo‘limi uchun yangi bino qad rostlamoqda.
Mazkur uch qavatli binoda xodimlarga yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va epidemiyaning oldini olish tadbirlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Xususan, asbob-uskuna va zamonaviy laboratoriya jihozlari o‘rnatiladi.
Bino qurib bitkazilib, unda barcha sharoitlar yaratilgach, joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallanmoqda.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee