Nishonov Azizbek Abdumutalli o‘g‘li 1992-yil 18-iyunda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2020-yili Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni va O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlangan. 2008 - 2011 yy. – Namangan tibbiyot kolleji “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishi talabasi. 2011 - 2012 yy. – Uychi tuman DSENMda vrach parazitolog yordamchisi. 2012 - 2018 yy. – Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy profilaktika ishi” fakulteti talabasi. 2018.01 - 2018.09 yy. – Uychi tuman DSENMda vrach epidemiolog. 2018.09 - 2019.11 yy. – Toshkent tibbiyot akademiyasi Epidemiologiya kafedrasida “Umumiy epidemiologiya ishi” yo‘nalishi klinik ordinatura talabasi, Shayxontohur tuman DSENMda vrach epidemiolog. 2019.11 - 2020.04 yy. – Toshkent tibbiyot akademiyasi Epidemiologiya kafedrasida “Umumiy epidemiologiya ishi” yo‘nalishi klinik ordinatura talabasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi yetakchi mutaxassisi. 2020.04 - 2020.10 yy. – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi yetakchi mutaxassisi. 2020.10 - h.v. – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining yordamchisi.