2024 yil 5 iyun kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida press tur o‘tkazildi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga tashkil etilgan press turda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va Sanepidqo‘mitaning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 29 martdagi “2024 yil yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi bayoni ijro uchun qabul qilinib, yozgi oromgohlarning tayyorgarligi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki yozgi dam olish oromgohlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining “Bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga qo‘yiladigan sanitariya gigiyenik talablari to‘g‘risida”gi 0026-22-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari asosida tashkil etiladi.
2023 yil yoz mavsumida 200 ta shahardan tashqaridagi stasionar yozgi bolalar oromgohlarida 157775 nafar hamda 954 ta sog‘lomlashtirish maydonchalarida jami 152800 nafar bola, jami 310575 nafar bola sog‘lomlashtirildi.
Faoliyati boshlangan oromgohlariga ishga qabul qilingan jami
8434 nafar ishchi-xodim davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida oromgohlarning ko‘pligini hisobga olib, Gʻazalkent shaharda tashkil etilgan shtabga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari mutaxassislaridan iborat guruh safarbar etildi va mavsum oxiriga qadar avtotransport bilan ta’minlandi.
Yoz mavsumi davomida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlarini tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda oromgohlarga biriktirilgan shifokorlar uchun o‘quv seminarlarni tashkil etish, uslubiy qo‘llanmalar tarqatish.
Ilon va qoraqurt zahriga qarshi zardoblarni oromgohlar ehtiyojiga qarab yetarli miqdorda ishlab chiqilishi hamda oromgohga yetkazilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash.
Barcha bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari 0026-22-son SanQvaN talablari asosida tashkil etilishini belgilab qo‘yish.
Shuningdek,
Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarni dam olishlarini tashkil qilinishi yuzasidan oromgoh rahbarlari, ishchilari va tibbiyot xodimlari tomonidan yozgi “Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish oromgohlari”ning faoliyatini tashkil qilishda quyidagi talablarga to‘liq baho berish lozim:
1. Bolalarning yozgi oromgohlari joylashgan joyga bo‘lgan talablarga rioya qilinganligi (bahavoligi, yo‘llarning talabga javob berishi), atroflarining to‘liq o‘ralganligi.
2. Oromgohlarning bino va qurilmalarini talab qilinadigan sanitariya-texnik va gigiyenik talablarga mos ravishda tayyorlanganligi.
3. Oromgohlarning hududlarida tozalash va obodonlashtirish ishlarining to‘liq va sifatli o‘tkazilganligi.
4. Jismoniy tarbiya va sport maydonchalariga (inshootlariga) va basseynlarga bo‘lgan sanitariya talablarining bajarilganligi.
5. Oromgoxlarni ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash masalalarining hal qilinganligi, javobgar mutasaddilarning tayinlanganligi.
6. Oromgohlarda oqava-chiqindi suvni chiqarish (markaziy yoki mahalliy kanalizatsiya) masalalari bo‘yicha sanitariya-gigiyenik talablarning bajarilganligi;.
7. Yozgi oromgohlarning hududi va xonalarida kundalik tozalash ishlarini o‘tkazilishi uchun sharoit yaratilganligi (tozalash jihozlarining yetarliligi, markirovka qilinganligi va saqlash sharoitining mavjudligi).
8. Tibbiyot xonalarining to‘liq jixozlanishi, dori-darmon bilan ta’minlanganligi hamda yuritilishi kerak bo‘lgan hujjatlar, ko‘rgazmali qurollarning va tibbiyot xodimlari ish rejalarining tayyorlanganligi.
9. Bolalarni ovqatlantirishni tashkil etilishi.
a. oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun tayinlangan tashkilotlar va shartnomalarning mavjudligi;
b. oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va saqlashga qo‘yiladigan talablarning hal etilganligi (avtotransport ta’minoti, omborxonalarning talabga javob berishi va h.k.z.);
c. ovqat tayyorlash xonalarining va ovqatlanish zalining sanitariya-texnik va gigiyenik talablarga javob berishi, ularni jihozlanishi, muzlatgichlar bilan ta’minlanganligi;
d. oshxonada ishlovchi xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, menyu-raskladkalar bo‘yicha javobgarlarning tayinlanganligi;
e. idishlarni yuvish va saqlash sharoitlari talab darajasida tayyorlanganligi, yuvish vositalari bilan ta’minlanganligi;
10. Oromgohda chiqindilarni yig‘ish joylarining tashkil etilganligi va tashib ketish tartibi. Profilaktik dezinfeksiya, deratizatsiya va dezinseksiya ishlarining o‘tkazilganligi va mavsum davomi bo‘yicha shartnoma tuzilganligi.
11. Oromgoh rahbarlarining dam olayotgan bolalarga berilishi mumkin bo‘lgan va taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi.
Press tur davomida jurnalist va blogerlar oromgohda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Amalga oshirilgan ishlar xususida mutaxassislardan batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee