Bugun Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va tuman bo'limi hamda Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda 7-sonli Shahar klinik shifoxonasida "Quturish, kuydurgi, brutsellyoz va gelmintoz kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari" yuzasidan davolash profilaktika muassasalari xodimlari ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi.
🔹Qayd etish joizki, quturish hamda kuydirgi kasalligi o'ta xavfli yuqumli kasalliklar hisoblanadi. Gelmintoz kasalliklari esa asosan yosh bolalarda uchraydi va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan parazitar kasalliklardan hisoblanadi.
🔹Aynan yuqumli va parazitar kasalliklarni oldini olishda mutaxassislar bilan fikr almashish, yangi tajribalarni amalda qo'llash muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot muassasalari yosh xodimlarining bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish, shuningdek, ish rejasiga asosan vazifalarni muhokama qilish kasalliklarni o'z vaqtida oldini olishda katta rol o'ynaydi.
🔹Qayd etish kerakki, seminar mashg'uloti ko'tarinki ruhda o'tkazilgandan so'ng, yakunlovchi bosqichda, tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilib, ish salohiyatini oshirishga oid tavsiyalar berildi.
Sanepidqo`mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee