Yangiliklar

2024-08-14

“ZAKOVAT” – BILIMDONLAR O'YINI

topics-img

“Zakovat” intellektual o‘yini yoshlar uchun qiziqarli va aqlni charxlaydigan, mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini rivojlantiruvchi mashg‘ulotdir. “Zakovat” so‘zining ma’nosi ham shundan dalolat beradi: sezgirlik, aqllilik, farosat, zakiylik degan ma’nolarga ega.

Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomli teatr-konsert saroyida Farg‘ona viloyati hokimi kubogi uchun davlat xizmatchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali tomonidan tashkil etilgan tadbirda 40 ta jamoa kuch sinashdi.

Unda  Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasining zukko va bilimdon yoshlari faol ishtirok etdi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee