Sanepid qo‘mita Jizzax viloyati
boshqarmasi hamda shahar va tuman bo‘limlari tomonidan viloyat hududidagi
yuqumli kasalliklar o'choqlarida zararsizlantirish ishlari uyushqoqlik bilan
olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yil davomida bo‘lim
mutaxassislari tomonidan jami 1642
ta obyektlarda zararsizlantirish ishlari o‘tkazilib, 17324 ta namuna bakteriologiya usulida, 1096 ta namuna kimyoviy usulda tekshirish uchun olindi.
Shuningdek, yuqumli kasallarga qarshi yakuniy
zararsizlantirish bo‘yicha jami 1732 ta
buyurtmalar kelib tushgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan ushbu buyurtmalarning
1721 tasi to‘liq va sifatli
bajarilishiga erishildi.
Kelib tushgan buyurtmalarga asosan
mutaxassislar 282 ta umumta’lim
maktabi va 103 maktabgacha ta’lim
tashkilotida, jumladan, 260 ta
obyektda virusli gepatit kasalligiga qarshi, 1 obyektda sil kasalligiga qarshi, 76 ta obyektda o‘tkir ichak kasalliklariga qarshi, 27 ta obyektda qichimaga qarshi, 11 obyektda zamburug‘ga qarshi qarshi zararsizlantirish ishlari
o‘tkazildi.
Sanepidqo`mita
Axborot
xizmati