Yangiliklar

2024-06-14

SIFATI KAFOLATLANMAGAN 500 LITRDAN ORTIQ MAHSULOT SAVDOSIGA CHEK QO'YILDI

topics-img

Quyosh tig'iga qaramasdan yo'l yuzida noqonuniy tarzda ko'cha savdosi, shuningdek, noma'lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning savdosi  avj olgan vaqtda, ularning sifatini nazorat qilish hamda sotish texnikalariga amal qilinganligi yuzasidan chora-tadbirlar olib borish, fuqarolarning salomatligini asrashda juda muhim ahamiyatga egadir.

Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan tuman hududida aholining salomatligini barqarorlashtirish, o'tkir yuqumli ichak kasalliklari, oshqozon ichak infeksiyalarining kelib chiqishini oldini olish maqsadida reyd tadbiri davom etmoqda.

”Ziyonur” mahallasi yo’l yoqasida zaharlanishga moyilligi yuqori hisoblangan 12 litr ayron, 6 litr go’ja mahsulotlari, sifat ko'rsatkichlariga mos kelmaganligi bois o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

Bundan tashqari, sanitariya talablariga zid ravishda, ruxsat etilmagan joylarda sotilayotgan 10 kg “Andijon muzqaymog’i” tegishli tartibda yo’q qilindi.

Shuningdek, Yakkasaroy tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan kichik halqa yo'li, Qushbegi ko'chalarida reyd o'tkazildi. Natijada iste'molga butunlay yaroqsiz bo'lgan 30 litr ayron, 30 litr o'rik sharbati, 50 litr kampot, 20 litr ayron, 300 litr mors ichimliklari to'kib tashlash yo'li orqali yo'q qilish choralari ko'rildi.

Undan tashqari quyosh nuri ostida turgan, mahsulotning saqlash sharoiti qoidalariga rioya etilmagan jami 101 litr gazli va gazsiz rangli ichimliklar savdodan oldirildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee